NASA tropik bo‘ronlarga tayyor turish uchun “sputnik” uchirmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Milliy Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) 2027 yilda tropik bo‘ronlar va momaqaldiroqlarni o‘rganish uchun koinotga uchta sun’iy yo‘ldoshni uchirmoqchi. Bu haqda tashkilot direktori Bill Nelson ma’lum qildi.

"Men NASA'ning yangi geosiyosiy missiyasini e’lon qilishdan mamnunman", dedi u. 

Nelsonning ta’kidlashicha, loyiha INCUS (Konvektiv ko‘tarilishlarni tekshirish) deb nomlangan.

"Bu uchta kichik sun’iy yo‘ldosh bo‘ladi. Ular 2027 yilda koinotga uchirilishi kutilayotgan tropik bo‘ronlar va momaqaldiroqlarning xatti-harakatlarini, jumladan, ularning ob-havo hamda iqlim modellariga ta’sirini o‘rganadi", deydi tashkilot direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NASA'ning bunday kosmik loyihalari Yerdagi turli tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni yaxshilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

koinot

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing