NASA Oyga robotlashtirilgan qo‘nish modullarini yubormoqchi

Olam

image

AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) Oyga robotlashtirilgan qo‘nish modullarini yubormoqchi. Bu haqda idora saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha AQSHning Oyda baza tashkil etish rejalari doirasida ishlab chiqilgan.

VVS xabariga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezosning “Blue Origin” kosmik kompaniyasi ushbu apparatlarni yaratish uchun tanlab olingan bir nechta kompaniyalardan biri hisoblanadi.

AQSH Prezident Donald Tramp 2028 yilda o‘z lavozimini tark etguniga qadar amerikaliklarni Oyga qaytarmoqchi. NASA insonlarni Oyga qaytarish borasida Xitoy bilan raqobatlashmoqda, “bu esa kosmik agentlik yangi kosmik poygada g‘olib bo‘lib ko‘rinish uchun bosim ostida ekanligini anglatadi”.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi o‘zining “Shenchjou-23” kosmik kemasini uchirib, fazogirlar ekipajini Xitoyning “Tyangun” orbital stansiyasiga yuborgandi.

Bundan avval AQSH 2032 yilga borib Oyning janubiy qutbida yadro va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan doimiy baza qurish dasturini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy robot NASA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing