NASA’ning X-59 samolyoti soatiga 1625 kilometr tezlikka chiqdi

Texnologiya

−

image

NASA’ning X-59 Quiet SuperSonic Aircraft eksperimental tovushdan tez samolyoti parvoz dasturi boshlanganidan beri eng tig‘iz sinov haftasini o‘tkazdi va yetti kun ichida parvozlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatib, turli tezlik va balandliklarda manyovrlarni bajarish qobiliyatini namoyish etdi. Bu haqda NASA xabar berdi.

Qayd etilishicha, X-59 samolyoti joriy yilning 22 sentyabr kuni ikkita parvozni amalga oshirgan, so‘ngra 24 va 25 sentyabr kunlari yana ikkitadan parvozni bajargan. Shu tariqa, bir hafta ichida samolyot olti marta havoga ko‘tarilgan. X-59’ning avvalgi haftalik rekordi birdaniga ikkita parvozga ortda qoldirilgan. Ushbu seriyadan so‘ng samolyotning umumiy sinov parvozlari soni 38 taga yetgan.

Bu kabi jadval X-59 parvoz diapazonini kengaytirish dasturining bir qismi hisoblanadi. Sinovlarning ushbu bosqichida NASA samolyotning turli tezliklar, balandliklar va manyovr qilish rejimlaridagi xususiyatlarini tekshirib, parvoz sharoitlarini kelajakda apparat foydalanilishi kerak bo‘lgan sharoitga yaqinlashtirmoqda.

Sinovlar sur’atining oshishi bilan bir vaqtda X-59 yangi tezlik rekordini ham o‘rnatgan. O‘tgan haftadagi parvozlardan birida samolyot soatiga 1625 kilometr tezlikka erishgan. Bu X-59 tomonidan bugungi kunga qadar erishilgan maksimal tezlik.

Tig‘iz sinov haftasidan so‘ng X-59 qariyb uch hafta davom etadigan rejali texnik xizmat ko‘rsatish jarayoniga yuborilgan. Shundan so‘ng mutaxassislar samolyotni tekshiruvdan o‘tkazadi. Tekshiruv yakunlangach, jamoa X-59’ni parvozlarga qaytarishni va jadal sinovlar dasturini davom ettirishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing