NASA “kulib turgan” Quyosh suratini e’lon qildi

Foydali

image

AQSHning Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) Quyosh dinamikasi observatoriyasi Quyoshning noodatiy suratini oldi. Surat NASA Sun’ning Twitter sahifasida joylashtirildi.

“Bugun NASA’ning Quyosh dinamikasi observatoriyasi “tabassum qilayotgan” Quyoshni ushladi. Quyoshdagi ultrabinafsha nurda ko‘rinadigan bu qora dog‘lar toj teshiklari deb nomlanadi”, deyiladi xabarda.

Albatta, bizga ko‘ringan tabassum, aslida, soxta tabassumdir. “Ko‘zlar” va “tabassum” bu toj teshiklari – quyosh tojidagi plazma zichligi va harorati anomal darajada past bo‘lgan, quyosh shamolining portlashlari kosmosga sochilib ketadigan joylar.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing