NASA: Ingenuity vertolyoti to‘rtinchi parvozini amalga oshira olmadi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Mars sharoitida parvozlarni amalga oshirish uchun yaratilgan Ingenuity vertolyoti noma’lum sabablarga ko‘ra ucholmay qoldi. Bu haqda tashkilot veb-saytidagi xabarda aytilgan.  

"Vertolyot to‘rtinchi sinov parvozida yerdan ko‘tarilmadi, ammo mutaxassislar ma’lumotlarni o‘rganmoqda va tez orada yana urinib ko‘rishadi", deyilgan xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgan. 

Ingenuity dron vertolyoti 19 aprel kuni Qizil sayyorada birinchi sinov parvozini amalga oshirgandi.   

22 aprel kuni ikkinchi, 25 aprel kuni esa uchinchi marta muvaffaqiyatli avtonom parvoz amalga oshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

parvoz Mars

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing