Narkobaron “El Mencho” oltin tobutda dafn qilindi
Olam
−
03 mart 7776 1 daqiqa
Kecha, 2 mart kuni Meksikadagi “Xalisko yangi avlodi” karteli yetakchisi Nemesio Oseguyera Servantes, ya’ni “El Mencho” oltin tobutga dafn qilindi. Dafn marosimi orkestr musiqasi hamrohligida o‘tkazildi.
Avtomobillar karvoni peshin vaqtida Resinto de la Paz qabristoniga yetib borgan. Mashina qizil atirgullardan xo‘roz shaklida tayyorlangan guldasta bilan bezatilganini ko‘rish mumkin. Xo‘roz ramzi “El Mencho” bilan bog‘liq bo‘lib, u xo‘roz janglariga qiziqqani sabab “Senor de los gallos” (Xo‘roz janglari qiroli) laqabini olgan.
Vidolashuv marosimida uning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etgan. U orkestr sadolari ostida dafn etilgan.
Dafn kuni qabriston va uning atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ko‘chalarda Milliy gvardiya, armiya va politsiya xodimlari navbatchilik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada “Xalisko yangi avlodi” karteli yetakchisiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya va undan keyingi tartibsizliklar vaqtida kamida 18 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi