Meksikada tartibsizliklar avj oldi. 18 kishi halok bo‘ldi (fotoreportaj)

Olam

image

Meksikada “Jalisco New Generation Cartel” (Xalisko yangi avlodi) karteli yetakchisiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya va undan keyingi tartibsizliklar vaqtida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Jornada” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurbonlar orasida 15 nafar Milliy gvardiya xodimi bor. Shuningdek, Puerto-Valyartada qamoqxonadagi isyon oqibatida bir qo‘riqchi halok bo‘lgan, Sapopandagi ko‘cha otishmasida esa prokuratura xodimi o‘ldirilgan. Yana bir homilador ayol ham otib tashlangan.

Qurolli to‘qnashuvlar davomida kartelning sakkiz nafar jangarisi yo‘q qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 27 kishi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika Mudofaa vazirligi o‘zining shafqatsizligi bilan tanilgan “Jalisco New Generation Cartel” rahbari Nemesio Osegera Servantes, ya’ni “El Mencho”ni harbiy operatsiya davomida yo‘q qilgani haqida xabar berilgan edi. Operatsiyani tayyorlashda AQSH tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yordam bergan. Reyd vaqtida zirhli avtomobillar va granatomyotlar hamda qurollar musodara qilingan.

Hodisadan so‘ng Meksikaning bir nechta shtatlarida tartibsizliklar avj oldi. Narkokartel a’zolari avtomobillarga o‘t qo‘yib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Bir qator shaharlarda favqulodda holat rejimi joriy etilgan, aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Keyinchalik AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau “El Mencho”ning yo‘q qilinishini katta voqea deb atagan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt esa, AQSH “El Mencho”ga qarshi operatsiyada Meksikaga razvedka ko‘magi ko‘rsatganini bildirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing