Nariman Grigoryanning vafoti haqida rasmiy bayonot berildi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, toshkentlik taniqli dizayner Nariman Grigoryan kecha, 14 yanvar kuni qotillik qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ushbu qotillik yuzasidan QALAMPIR.UZ’ga rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada  istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoryan)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qotillik Nariman Grigoryan

Baholaganlar

2903

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing