Nargiz Zokirova to‘rtinchi marta turmushga chiqdi
Madaniyat-san’at
−
28 may
63612Mashhur Zokirovlar sulolasi a’zosi, 53 yoshli xonanda Nargiz Zokirova AQSHda to‘rtinchi marta turmushga chiqdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Siz har doim men bilan eng baxtli va eng qiyin damlarimda birga bo‘lgansiz. Menga bo‘lgan samimiy sevgingizni hech narsa sindira olmaydi, lekin sizning ishonchingiz men uchun barchasidan muhim. Buning uchun men sizdan abadiy minnatdorman. Hayotimning yangi bobi boshlandi”, deb yozgan xonanda.
Ma’lum bo‘lishicha, Zokirovaning turmush o‘rtog‘i Anton Lovyagin bo‘lib, u xonandaning musiqa jamoasida texnik xodim bo‘lib faoliyat yuritadi. E’tiborlisi shundaki, Anton undan 11 yosh kichik. Nargiz yosh farqi ularning munosabatlariga ta’sir qilmasligini bir necha marotaba ta’kidlagan. Ularning munosabatlari 10 yil avval boshlangan.
Ma’lumot uchun, Nargiz Zokirova 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda. U 18 yoshida mashhur bastakor Ruslan Sharipovdan katta qizi Sabinani dunyoga keltirgan, 1995 yilda esa Yernur Kanaibekovdan o‘g‘li Auel dunyoga kelgan. Nargizning kenja qizi Leyla musiqachi Filipp Balzano bilan nikohidan tug‘ilgan. Shuningdek, Nargiz Zokirova Noy va Levi ismli ikki nafar nevaraning buvisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nargiz Zokirova O‘zbekistonni ishonchsiz davlat deb atab, mamlakatni tark etgani, hozirda AQSH va Isroil bayroqlari ostida konsert berayotganini yozgandi.
LiveBarchasi