Rossiyalik faollar Nargiz Zokirova ustidan prokuraturaga arz qildi
Madaniyat-san’at
−
10 avgust
26846Rossiyalik faollar mashhur Zokirovlar sulolasi a’zosi, 53 yoshli xonanda Nargiz Zokirova ustidan prokuraturaga shikoyat qildi. Bu haqda “Moskva 24” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning “Xalq da’vati” harakati faollari xonandaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan mamlakat Bosh prokurori Igor Krasnovga murojaat qilgan. Bunga Nargiz Zokirova oyog‘iga yangi chizdirgan Stepan Bandera ko‘rinishidagi tatuirovka sabab bo‘lgan.
Murojaat tashabbuskorlari Zokirovaning xatti-harakatlarini “Natsizmni qayta tiklash” va “Natsistlarning atributlari yoki belgilarini takroriy targ‘ibot qilish yoki ommaviy namoyish qilish” deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati qabul qilgan qarorga ko‘ra, xonanda O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng, Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgani uchun 50 yilga – 2072 yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingandi. U hozir AQSHda istiqomat qiladi.
LiveBarchasi