Nargiz Zokirova O‘zbekistondan ochiqchasiga voz kechdi
Madaniyat-san’at
−
28 fevral
125120Zokirovlar sulolasi vakilasi Nargiz Zokirova O‘zbekistonni ishonchsiz davlat deb atab, mamlakatni tark etgani, hozirda AQSH va Isroil bayroqlari ostida konsert berayotganini yozdi. Bu haqda u Instagram sahifasida muxlislarining savoliga javoban e’lon qilgan.
Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan surati ostidagi izohga javoban uni O‘zbekiston emas, u O‘zbekistonni yuragidan chiqarib tashlaganini quvonchni ifoda etuvchi stiker bilan bayon qilgan.
Shundan so‘ng, u o‘zining bayrog‘i va vatani borligini, bular Isroil va AQSH ekanini urg‘ulagan.
O‘z ijodiga to‘xtalar ekan, Zokirova tez orada yangi xitlari bilan tomoshabinlarni xushnud etishga va’da berib, uning qalbi, vijdoni yorug‘ligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zokirova “kelgindi” so‘zi har doim peshonasiga tamg‘a bo‘lganini aytib chiqqan edi.
LiveBarchasi