Namoyishlar ortidan Qirg‘izistonda saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritildi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘u Kenesh saylovlar to‘g‘risidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda parlament Matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzatishlarga muvofiq saylov chegarasi 7 foizdan 3 foizga, saylov garovi esa 5 mln somdan 1 mln (12 ming dollar) somgacha pasaytirildi. Shuningdek, forma-2 bo‘yicha ovoz berish bekor qilindi. Bu forma fuqarolarga prospiskada turuvchi joydan boshqa uchastkada saylash imkoniyatini bergan.

Qonun loyihasi tashabbuskori deputatlar Oltinbek Sulaymonov, Aysulu Mamashova, Abduvahop Nurboyev, Mirlan Jeyenchoroyev va Janar Akayev bo‘ldi. uni 84 ta deputat qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlanishicha, Jo‘qorg‘u Keneshning Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquqiy masalalari va reglament qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qullagan edi.

Jo‘qorg‘u Kenesh torag‘asi Kanatbek Isayev qonun loyihasini birdaniga uchta o‘qishda qabul qilishga imkon beradigan oltita fraksiya qarorlari mavjudligini ma’lum qildi.

Avvalroq, Qirg‘iziston takroriy parlament saylovi joriy yilning 20 dekabr kuni o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovda mamlakatdagi 16 ta partiyadan faqatigan 4 tasi 7 foizlik barerdan o‘ta olgandi. Buning ortidan Bishkekda norozilik namoyishi boshlanib ketgandi. Uning oqibatida mamlakatda Bosh vazir va Prezident iste’foga chiqdi.

Ayni vaqtda mamlakatda Prezident vazifasini vaqtinchalik Bosh vazir Sadir Japarov bajaryapti. Prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi esa noma’lumigicha qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston saylov

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing