Namibiya Prezidenti vafot etdi
Olam
−
04 fevral 2024 12015 1 daqiqa
Namibiya Prezidenti Xage Geingob 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 4 fevral kuni mamlakat vitse-prezidenti Nangolo Mbumba ma’lum qildi.
Davlat rahbarining devoni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Prezident rafiqasi va bolalari qurshovida vafot etganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Geingob so‘nggi oylarda saraton kasalligiga qarshi kurashib kelgan. Yanvar oyi oxirida u AQSHga davolanish uchun ketib, ikki kundan keyin uyiga qaytgan.
Marhum 2015 yil mart oyida Namibiya Prezidenti bo‘lgan va 2019 yilda qayta saylangan. Shuningdek, u 1990-2002 va 2012-2015 yillarda ikki marta mamlakat Bosh vaziri vazifasida faoliyat yuritgan.
Vaqtinchalik Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida vitse-prezident Nangolo Mbumba ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 13 sentyabr kuni Moldovaning birinchi prezidenti Mircha Snegur 82 yoshida vafot etgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr