Namanganning sobiq hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 oktyabr kuni Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, To‘lqin Otaxonovich Jabborov 1996-2004 yillarda Namangan viloyatiga rahbarlik qilgan. 2000-2005 yillarda esa Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Qayd etilishicha, uning rahbarlik yillarida viloyatda qurilish sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Namangan shahridagi mashhur favvora, “Pahlavon” sport majmuasi foydalanishga topshirilgan.

“Temir yo‘l qarshisidagi ajoyib me’morchilik an’analariga xos uslubda qad rostlagan favvora hozir ham shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. “Navbahor” futbol jamoasi o‘z tarixida yagona bo‘lib turgan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin”, deb yozadi viloyat hokimligi.

Shuningdek, u viloyat agrar sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda, xususan texnika parklarini yangilab, zamonga moslashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan vafot etdi hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made