Namanganlik ayol o‘zi va farzandini nega daryoga tashlagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Namanganda ayol 4 yoshli farzandi bilan o‘zini suvga tashlagani, ammo keyin qutqarib qolingani haqida xabar bergan edik.

Namangan viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 22 aprel kuni soat 01:30da Uchqo‘rg‘on tumanida M.X. voyaga yetmagan farzandi A.M. bilan Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tgan Norin daryosi bo‘yiga kelib, o‘zi va farzandini daryoga tashlagan. Ularni shu yerda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimi qutqarib qolgan.

Tergovga qadar teshiruv davomida, M.X.ning bunday harakatlariga turmush o‘rtog‘i V.M. bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli muntazam ravishda o‘zaro janjallashgani sabab bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

878

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing