Namangandagi “zapravka”da mashina yonib ketdi
3-sahifa
−
03 dekabr
3514Bugun, 3 dekabr kuni Namangan viloyati Pop tumanidagi “zapravka”da “Niva” rusumli mashina to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 3 dekabr kuni Namangan viloyati Pop tumanidagi “Chinor” mahallasida joylashgan MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “Lada Niva” avtomobili yonlayotgani haqida soat 18:06 da FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, soat 18:12 da yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, alanga soat 18:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
“Hodisa natijasida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan shaxslar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in sababi va keltirilgan zarar o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi mahalla ichida harakatlangan Spark yo‘l chetida to‘xtab turgan Epica’ga borib urilishi oqibatida avtomobillar yonib ketgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr