Namangandagi metan “zapravka”da Damas yonib ketdi 

3-sahifa

image

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Damas yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 mart kuni Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 17:58 da Davlatobod tumani “Nurobod” MFY Ququmboy shoh ko‘chasida joylashgan AGTKSHda Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tushgan. Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da yetib borgan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 18:04 o‘rab olinib, soat 18:06 da bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida Damas avtomobili to‘liq yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida kuyib tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmagan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil boshqa bir avtomashina bilan to‘qnashib, oqibatda yonib ketgan edi. YTH va yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing