Namangandagi maktabda yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 14 iyul kuni soat 11:12 da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Xo‘jand mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:31 da qurshab olingan va 11:33 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan binoning 500 kv m maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi (mat) yonib zararlangan. Yong‘in xonada vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in maktab Namangan

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing