Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Namanganda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Joriy yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgan. 

Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11 may kuni uyiga qo‘ng‘iroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini ta’kidladi. Qolgan oila a’zolari ham marhumning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada kasallik sabab vafot etgandi. O‘tgan yil oxirida esa Navoiyda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum saqlash kamerasida o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan qamoqxona Pop mahkum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing