Namanganda YTH: bir qurbon va 3 jabrlanuvchi bor

Jamiyat

image
Sirdaryoda dahshatli YTH! 5 kishi halok bo‘ldi north_east

Sirdaryoda dahshatli YTH! 5 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 1 fevral kuni soat 07:10 larda Namangan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Pop tumanida yashovchi A.E. ishonch qog‘ozi bilan shu tumanda yashovchi B.Q.ga tegishli Nexia rusumli transport vositasini “Farg‘ona xalqa” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida boshqarib ketayotib, uxlab qolganligi tufayli boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgan. Natijada avtomobil ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatda haydovchi A.E. voqea joyida halok bo‘lgan.  Yo‘lovchilar Pop tumanida yashovchi Sh.I. va  uning farzandi A.M. hamda M.S. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

“Xurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Charchoqni sezganingizda to‘xtab dam oling! Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz”, deya ogohlantirgan departament.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing