Sirdaryoda dahshatli YTH! 5 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 1 fevral kuni taxminan soat 08:30 larda Sirdaryo viloyatida ikki mashina to‘qnashuvi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli Sh.B., o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasida, Guliston shahar 4-mavze Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lida “Guliston-Zarbdor” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan. Natijada fuqaro 21 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

YTH oqibatida Damas rusumli avtomashina haydovchisi S.M., yo‘lovchilari 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek 24 yoshli S.A.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing