Namanganda yana 7 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Namangan viloyatda 24 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun,17 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (3 nafari Namangan shahridan, 2 nafardan Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 15 yosh.

Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 214 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2254 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha koronavirus yuqtirganlar soni 2762 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 12 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing