Namanganda yana 3 kishi Qirg‘iziston arog‘idan zaharlanib, vafot etdi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
8815Avvalroq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan aroqni iste’mol qilgan 12 kishi zaharlangani, ulardan 2 nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda ushbu aroqdan vafot etganlar 5 nafarga yetdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Fuqarolar Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan To‘raqo‘rg‘on tumani Shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, zaharlanganlarning jami 5 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Qayd etilishicha, ushbu aroqni boshqa-boshqa davralarda iste’mol qilganlar.
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi