Namanganda to‘rtta xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
15 yanvar 2023
7231Namangan viloyatining Chortoq, Davlatobod, Uychi va Pop tumanlaridagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 14 yanvar kuni Chortoq tumanidagi “Komillik” mahalla fuqarolar yig‘ini, Davlatobod tumanidagi “Nurobod” MFY, Uychi tumanidagi “Obod” MFY hududidagi xonadonlarda yong‘in yuz bergan. Bugun, 15 yanvar kuni esa soat 06:04 da Pop tumanidagi “Guzar” mahallasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Sodir bo‘lgan yong‘inlar qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, yong‘inlarning aksariyat xonani isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, o‘tin, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarni uzoq vaqt yoqib nazoratsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Sodir bo‘lgan yong‘inlar oqibatida kuyib tan jarohati olgan hamda halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda holatlar yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namangandagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatda 2 kishi kuyish jarohatini olgani haqida xabar berilgandi.