Namanganda so‘kong‘ich raisning og‘zidan bodi kirib, shodi chiqdi (video)
3-sahifa
−
28 aprel
14696Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Gaiston” MFY raisi ko‘chada fuqarolarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, Telegram orqali videoxabar yo‘llagani aks etgan tasvirlar tarqalgandi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, mahalla raisining harakatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish olib borilgan. O‘rganish davomida Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi, shuningdek “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi tuman bo‘limi vakillari, mahalla faollari ishtirok etgan.
Muhokamada ishtirokchilar mahalla raisi, avvalo ish faoliyati davomida, ayniqsa fuqarolar bilan muloqotda odob-ahloq mezonlariga amal qilishi kerakligi, har qancha yaxshi ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa ham, raisning fuqarolariga nisbatan qilgan qo‘pol munosabatini, odobsizligini oqlab bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Rais o‘z so‘zida pushaymonligi, ruhan charchagani, ayrim holatlarda o‘zini boshqara olmay qolganini aytgan. Shuningdek, u joriy yilning 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan mahalla raisi saylovida nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilib, fuqarolardan uzr so‘ragan.
Ayni paytda tanqidiy postda ko‘rsatilgan boshqa masalalar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi