Namanganda spirtli ichimlik so‘rab, janjal qilgan mast ayolni somsapaz sudrab haydadi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bir erkak ayol kishini sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. (ayol) Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshohbekatida hech qanday sababsiz janjal ko‘targan va hududdagi do‘kon hamda boshqa ob’ektlarning oynalarini sindirib, ularga ziyon, o‘ziga esa tan jarohati yetkazgan. 

Ayol shu yerda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlaganidan so‘ng, 1988 yilda tug‘ilgan somsapaz X.Yu. ayolga bu yerdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko‘tarishda davom etgan. 

Shundan so‘ng, X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Somsapaz X.Yu. esa vaqtincha ma’muriy tartibda ushlangan. Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

729

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing