Namanganda Spark boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi bir kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jamiyat
−
04 dekabr 2020
2122Namangan viloyati Namangan shahrida yo‘l transporti hodisasi oqibatida bir inson halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 dekabr kuni soat 04:30 larda shaharning “Yoshlik” MFY “Mustaqillikning 10 yilligi” ko‘chasida YTH sodir bo‘lgan. Viloyatning Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro, onasi nomida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi