Video: Namanganda soxta prokuror qo‘lga olindi

O‘zbekiston

−

11 Fevral 2019 visibility17663 timer1 daqiqa

Reklama
0:00

Namangan viloyatida o‘zini prokuraturasi xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi. U shu orqali ta’magirlik qilgan. Bu haqda "Zamon" dasturi lavhasida hikoya qilinadi.

N. ismli fuqaro bir necha tuman tibbiyot birlashmalariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasi xodimi deya tanishtirgan. Fuqaro ularga bir qancha xizmatlar aytib, pul ta’ma qilganida qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalovning aytishicha, firibgar tuman sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasidan Bekzodman deb tanishtirgan, shu orqali ularning ishonchiga kirib, ularning 300 ming, 400 ming va 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pullarini olgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 5-qismiga muvofiq, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng, jinoyatchiga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

154

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing