Namanganda PPX mashinasi YTHga uchradi
3-sahifa
−
17 fevral 2022 6325 1 daqiqa
Bugun, 17 fevral kuni Namanganda Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX xabar berdi.
YTH soat 02:00 larda Namangan shahar Alisher Navoiy ko‘chasida haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi “Vaz-2107” rusumli hamda haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi