Namanganda majburiy ijro vaqtida ayol o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
18107Namanganda Majburiy ijro byurosi xodilari uyidan chiqarmoqchi bo‘lgan ayol o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi va halok bo‘ldi. Hodisa joriy yilning 29 sentyabr kuni yuz bergan. Mazkur holat bo‘yicha MIB Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga quyidagilarni ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 8 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra undiruvchi Ahad Ahmatovich Jo‘rayev foydasiga javobgar Muhabbat Abduvahabovna Dedabayeva va uning oila a’zolarini Namangan shahar, “Istiqbol” MFY, 9-Bog‘i-eram ko‘chasi 34-uydan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga 2019 29 noyabrda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Javobgar Muhabbat Dedabayeva va uning oila a’zolariga nizoli uydan chiqib ketishlari kerakligini tushuntirilib, ijro hujjati talabini bajarmagan taqdirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilishi hamda majburiy tartibda ko‘chirilishi to‘g‘risida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 2019 yil 6 dekabrda ogoxlantirish xatlari berilgan.
Qarzdor Muhabbat Dadabayeva va uning oila a’zolari davlat ijrochisining og‘zaki va yozma ogohlantirishga qaramasdan sudning ijro varaqasida ko‘rsatilgan xonadonni bo‘shatishdan bo‘yin tovlagani uchun, davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan manzildan 2019 yil 12 dekabrda ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga ma’lum qilingan.
Biroq, javobgar Muhabbat Dadabayeva tomonidan kassatsiya tartibida shikoyat keltirilganligi sababli yuqoridagi qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatish haqidagi sudning 2019 yil 12 dekabrdagi ajrimi qabul qilingan va ijro harakatlari to‘xtatilgan.
Shundan so‘ng, sudning ajrimi bilan kassatsiya shikoyatini qabul qilish rad qilingan va ijro harakatlari davom ettirilgan.
Joriy yilning 11 mart kuni Namangan shaxar, “Istiqbol” MFY, 9-Bog‘i eram ko‘chasi 34-uyga majburiy ijro harakatlarini o‘tkazish uchun, tegishli tashkilot hodimlari va xolislar ishtirokida borilganda qarzdor Muhabbat Dadabayeva uyda yo‘qligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unga binoan idoraviy bo‘ysunuvidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarda karantin holati joriy qilingan sababli, ijro hujjati ijrosini ta’minlash 2020 yil 15 avgustga qadar to‘xtatib turilgan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan 2020 yil 17 sentyabrda ijro hujjati bo‘yicha tomonlarni Byuroning Namangan shahar bo‘limiga chaqirtirilib, ularga ijro hujjati talabi qaytadan tushuntirilgan. Shu bilan bir qatorda ijro hujjati talabini bajarmaslikning huquqiy oqibatlari ham tushuntirib o‘tilgan va manzildan ixtiyoriy ravishda ko‘chishni taklif qilingan.
Biroq, javobgar Muhabbat Dedabayeva va uning oila a’zolari ko‘rsatib o‘tilgan nizoli xonadondan ihtiyoriy ravishda ko‘chib chiqib ketmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan 2020 yil 29 sentyabrda ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga, ya’ni Namangan shahar IIO FMB 2-IIB, FVV YOXB Namangan shahar bo‘limi, “Iqtiqbol” MFY, TTYO Namangan shahar bo‘limiga ma’lum qilingan.
Shu kuni yuqoridagi manzilga borilganda, qarzdor Dedabayeva Muhabbat va uning qizi Gulandon Dadabayeva tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishga faol qarshilik ko‘rsatishgan. Ijro hujjati talabini bajarishga to‘sqinlik qilish maqsadida 1985 yilda tug‘ilgan Gulandon Dadabayeva o‘ziga benzin yoqilg‘isini sepib, yoqib yuborib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
Natijada, fuqaro Gulandon Dadabayeva olgan 80 foizdan ortiq kuyish tan jaroxati natijasida 2020 yil 30 sentyabr kuni RSHTYOIM Namangan filialida vafot etdi.
Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi