Namanganda madaniy meros ob’ektini uy qurishga berib yuborgan mansabdorlarga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mansabdorlar madaniy meros ob’ektini uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborgani aniqlandi. Oqibatda ob’ektga jiddiy zarar yetgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlanishicha, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumani “Gaiston” mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo‘limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilib, ob’ekt noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o‘rniga uy-joy qurilgani natijasida tarixiy ob’ektga 80 mlrd so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

101

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing