Namanganda litsenziyasiz “Umra” safarini tashkil etgan turfirma jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida litsenziya olmasdan “Umra” saafarlarini tashkil etgan MCHJ jarimaga tortildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan “Zaytun turizim” MCHJga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan. Ushbu MCHJga ham shu miqdordagi jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarni “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 3 ta viloyatida fuqarolarni noqonuniy tarzda Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishga uringanlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing