Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar soni yana ko‘paydi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida 17 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Bugungi ilk quvonchli xabar: Namangan viloyatida 17 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollardir. Bemorlarning barchasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan shahridan, 5 – Uychi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqo‘rg‘on tumanidan). Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 72 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1229 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2094 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing