Namanganda katta yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
10:34 842 1 daqiqa
Bugun, 4 fevral kuni Namangan shahrining To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, soat 02:46 da Namangan shahar “Shodlik” MFY, To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan MCHJ binosida yong‘in bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipaji soat 02:52 da yetib borib, soat 02:57 da yong‘in o‘rab olinib, soat 03:45 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning shift tom qismidan 90 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida kuyib tan jarohati olish holati aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lgandi va oqibatda 3 yoshli qizaloq vafot etgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11- (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi