Namanganda Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxasi o‘g‘irlab ketildi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanayotgan muqaddas Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 avgustidan 10 avgustiga o‘tar kechasi soat taxminan 00:04 da noma’lum shaxslar Chortoq tumani “Baliqko‘l” MFYda joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanyotgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab, noma’lum tomonga yashiringan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat Namangan viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Hozirda jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlarining natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Qur'oni Karimning qo'lyozma nusxasi

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing