Namanganda ishchi elektr toki urishidan vafot etdi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2020
6868Namanganda ko‘p qavatli uydagi ta’mirlash ishlari vaqtida 25 yoshli ishchi elektr toki urishidan vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Baxtsiz hodisa joriy yil 25 sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Vodiy” MFY Ipakchi ko‘chasida yuz bergan. Ta’mirlash ishlari bo‘layotgan ko‘p qavatli uyda texnika xavafsizligi yoki mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya etilishini yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida, shu kuni soat 16:00 larda ushbu joyda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan Uychi tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni elektr toki urib, voqea joyida vafot etgan.
Yangiqo‘rg‘on tuman STEBning xulosasida, marxumda elektr travma, organizm umumiy aspeksiya, o‘ng qo‘l chap kafti uchi yuzasi elektr tamg‘a ko‘rinishidagi jarohatlar uning o‘limiga olib keluvchi jarohatlar ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.