Olimlar elektr toki yordamida diabetni davolashi mumkin
Salomatlik
−
09 avgust 2023
5520Shveysariyalik Olimlar genlarni tok yordamida boshqarish mumkinligini aniqladi. Bu haqda “Natural News ” nashri xabar berdi.
Molekulyar biolog Jinbo Xuang boshchiligidagi jamoa DART deb nomlanuvchi batareya bilan ishlaydigan interfeysni yaratdi, bu elektr toki yordamida o‘ziga xos gen reaksiyalarini ishga tushiradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, inson DNK’si genlarni dasturlovchi qurilmalar orqali boshqarilishi mumkin. Buning uchun tadqiqotchilar ko‘ngilli odamga elektr tokini yubordi va unda ko‘proq insulin ishlab chiqaradigan hujayralarni muvaffaqiyatli ishga tushirdi.
Shuningdek, tadqiqotchilar sichqonlar ustida ham sinov o‘tkazdi. Bunda ular insulin dozasini tartibga solishda ishtirok etuvchi aniq genlarni uyg‘otish uchun elektr stimulyatorli akupunktura ignalaridan foydalandi. Natijada sichqonlarning qonidagi glyukoza konsentratsiyasi normal darajaga qaytdi.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, bu usuldan foydalanib tibbiyot sohasida bir qator yangilanishlar qilinishi mumkin. Jumladan, qandli diabet kasali bilan og‘riganlarda ishlab chiqariladigan insulin miqdorini oshirish mumkin.
“Biz analog biologik tizimlarni raqamli elektron qurilmalar bilan funksional ravishda bog‘laydigan DART kabi oddiy elektrogenetik interfeyslar kelajakdagi gen va hujayralarga asoslangan turli xil terapiyalar uchun katta va’dalar berishiga ishonamiz”, dedi tadqiqot guruhi a’zolaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, Faynshteyn tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari falaj bo‘lgan odamda ikki tomonlama neyron bypass texnologiyasini sinovdan o‘tkazib, sezgi va qo‘l harakatini muvaffaqiyatli tikladi.
LiveBarchasi