Olimlar qarishning asosiy sababini aniqladi 

Bu qiziq

image

O‘smirlik davridagi tajovuzkor xulq biologik qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot “Journal of Health Psychology” jurnalida chop etildi.

Qarishning asosiy sababini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot Virjiniya universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan. Ularning 17 yil davom etgan tadqiqoti 123 nafar ishtirokchini qamrab olgan. 

Psixologlar 1998 yildan boshlab o‘smirlarning do‘stlari va ota-onalari bilan munosabatlarini muntazam kuzatib borgan. Shu bilan birga, sog‘liq bilan bog‘liq biomarkerlar – xolesterin darajasi, qon bosimi, glyukoza, yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va qon tarkibi ham qayd etilgan.

“Bu – qancha yashashingiz va sog‘lig‘ingiz qanday bo‘lishini oldindan aytib bera oladigan juda kuchli ko‘rsatkich”, degan tadqiqotchi olimlardan biri. 

Ma’lum bo‘lishicha, 13 yoshida do‘stlariga nisbatan agressiv yoki dushmanona munosabatda bo‘lgan, shuningdek, otasi bilan murakkab, nizoli munosabatlarga ega bo‘lgan o‘smirlarda 30 yoshga kelib biologik qarishning tezlashgan belgilari namoyon bo‘lgan. Olimlarga ko‘ra, aynan o‘smirlik so‘ngida yuz beruvchi otalar bilan doimiy ziddiyatlarga borish va 20 yoshlar atrofida yuz beradigan do‘stlarga nisbatan agressiya bunga eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

Tadqiqot mualliflari bu ta’sir erkaklarda ham, ayollarda ham bir xil darajada kuzatilganini aytadi. 

“Bu tadqiqotning noyobligi shundaki, bu faqat yurak-qon tomir kasalliklari xavfi haqida emas. Sizning boshqalarga bo‘lgan munosabatingiz – do‘stlaringiz tomonidan qanday baholanishi, organizmning o‘zidan oldin eskirayotganini ko‘rsatadigan juda ko‘p ko‘rsatkichlarni bashorat qiladi”, degan olimlar. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkor Ilon Mask atigi 20 yil ichida insonlar o‘z onglarini robotlarga ko‘chirish orqali xotira va shaxsiyatini sun’iy tanaga ko‘chirish imkoniga ega bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi. Mask bunday texnologiya insoniyatni “raqamli abadiylikka” yaqinlashtirishi mumkinligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimlar O'smirlik Psixologlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing