Namanganda inspektor tadbirkor bilan til biriktirib, 116,9 mln so‘mlik elektrni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
18 Oktabr
3156Namangan viloyatida tadbirkor va inspektor til biriktirib, 116,9 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor S.Sh. tuman elektr ta’minoti inspektori Yu.M. bilan til biriktirib, o‘ziga qarashli ekin yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosini elektr tarmog‘iga hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 116,9 mln so‘mlik 43,2 ming kVt soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan S.Sh.ga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “d” bandi hamda elektr ta’minoti inspektori Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlangandi.
LiveBarchasi