Namanganda fuqaro IIB xodimlarini pichoqladi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro pichoq bilan ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 29 iyul kuni sodir bo‘lgan. Soat 20:50 da Farg‘ona mahallasida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotgani bo‘yicha tuman IIBga xabar qilgan. Hududga tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.

Biroq fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan hamda qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan ularni urib jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayblanuvchi qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan profilaktika katta inspektori fuqaro tomonidan pichoqlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan IIB pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made