Namanganda dalashiyponda “marixuana” saqlagan fuqaro ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida dalashiyponda 3 kilogramm giyohvandlik moddalarini saqlagan 35 yoshli fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 5 noyabr kuni Chust tumani Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu tumanda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro dala yer maydoniga qurilgan dalashiyponda nashasimon o‘simlikni saqlab kelayotgani aniqlangan. U yerdan 3 ta sintetik qopda 5 ta  kichik yelim paketga o‘ralgan va 3 dona gugurt qutisi ichiga solingan o‘tkir hidli giyohvandlik vositasi topilgan.

Kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tekshirish uchun taqdim etilgan o‘simliklar “marixuana” o‘simligi ekani aniqlangan va ushbu moddalarning sof og‘irligi 3 kilogrammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida molxonasining tomida “marixuana” yetishtirgan erkak qamalgandi. Termiz tumanining Nurafshon mahallasida yashovchi 48 yoshli fuqaro molxonasining tom qismida giyohvand vositalari yetishtirgan. Moddalar quritilib, yelim paketda saqlangan. Uch nafar farzandning otasi qariyb 23 gramm “marixuana” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Erkak Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 273-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan marixuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing