Namanganda bir oilaning 3 a’zosi qarindoshi tomonidan o‘ldirildi
3-sahifa
−
12 avgust
13901Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi – ona va uning ikki nafar farzandi pichoqlab, o‘ldirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Voqea 9 avgust kuni soat 21:40 larda sodir bo‘lgan. Fuqaro M.A. (erkak) qarindoshi R.M. (ayol)ning yashash xonadoniga borib, ushbu xonadonda avvaldan mavjud bo‘lgan mulkiy nizo sababli janjallashib, ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini pichoq bilan qasddan urib o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan 10 avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyatida er xotinini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgandi.
LiveBarchasi