Namanganda bir oilaning 3 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida ota-bolalar is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 18 noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani “Iskovut” MFY Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014 yilda tug‘ilgan O.A. hamda 2010 yilda tug‘ilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun o‘rnatilgan, qo‘lbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Shuningdek, xonadonda bo‘lgan erkakning turmush o‘rtog‘i G.M. is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.

“Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etgandi.  Xonadon a’zolari uxlab yotgan vaqtida xonada bo‘lgan nosoz isitish moslamasi (kotyol)dan sizib chiqqan is gazidan zaharlangani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Namangan oila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing