Namanganda besh kishi bir yigitni o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida besh kishi bir bolani kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni soat 11:30 larda Pop tumani Madaniyat mahallasi hududida joylashgan bilyard klubida ikki guruh yoshlar o‘zaro janjallashgan va ulardan uch nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e”, “l" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

“Shuningdek, ayblanuvchining ushbu harakatlariga daxldor bo‘lgan boshqa shaxslar ham jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi munosabat so‘ngida.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ahvoli og‘ir bola chalajon holda “tomdan tushib ketgan” degan gap bilan shifoxonaga olib kelingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Aytilishicha, unga miya chanog‘i sinishi, ikki tomonlama qon quyilishi tashxisi qo‘yilgan, bola zudlik bilan operatsiya qilingan. 

Keyinchalik, besh kishi bolani bilyard tayoqchasi, shisha idishi bilan boshini yorgani, orqa tomondan sakrab, miyasining suyuqligi chiqquncha kaltaklashgani haqida xabar tarqaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan kaltaklagan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing