Namanganda 9-sinf o‘quvchisi Lacetti’da YTH sodir etdi (video)
3-sahifa
−
04 noyabr
6884Namangan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 2 noyabr kuni 10:00 lar atrofida Namangan shahar Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruvlarga ko‘ra, Davlatobod tumanida joylashgan xususiy maktabning 9-sinf o‘quvchisi do‘sti bilan Lacetti rusumli avtomobilni 150 ming so‘m evaziga ijaraga olib, haydagani aniqlangan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Ertalab soat 9:00 da yo‘lga chiqdik. Mashinani 150 ming so‘m evaziga ikki soatga ijaraga olgandik. Qo‘rqib ketdim juda, o‘lib qolaman deb o‘yladim. Hech kimga mashina haydamaslikni tavsiya qilaman. Qaytib, rulga o‘tirmaymiz”, deydi bolalardan biri.
Holat yuzasidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unga o‘g‘li maktabga borib kelishini nazoratga olish, harakatlaridan doimiy boxabar bo‘lib turish aytildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida maktab va texnikum o‘quvchilari boshqaruvidagi Gentra hamda yuk mashinasi o‘rtasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan ijaraga olingan Gentra mashinasini boshqarib borayotgan voyaga yetmagan haydovchi hushyorlikni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “ZIL” bilan to‘qnashgan. Oqibatda Gentra ichida bo‘lgan jabrlangan yo‘lovchilar Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Biroq haydovchi olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yetmasdan vafot etgan. Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) ham og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida qolgan.
LiveBarchasi