Namanganda 8 yashar bolaning murdasi topildi. U qotillik qurboni bo‘lgan

3-sahifa

image

Namangan viloyati Norin tumanida 8 yashar bolaning jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.  

Qayd etilishicha, kecha, 15 noyabr kuni soat 20:30 atrofida Norin tumani, Norinkapa mahallasi hududida joylashgan “Qambarali ota nabirasi Baxtiyor” fermer xo‘jaligining dala shiyponi o‘tin xonasidan 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan I.U.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Shu kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fosh etish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik

Baholaganlar

2889

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing