Namanganda 6 yashar qizaloq YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil 24 sentyabr kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH soat 11:30 larda Kosonsoy-Namangan yo‘lining 1 km.da yuz bergan. Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 6 yoshli qizaloqni urib yuborgan.

Natijada, piyoda D.Axmadaliyeva tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridgi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing