Namanganda 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
05 may 2021
14188O‘tgan yilning 16 dekabr kuni Namangan shahri I.Karimov – Istiqlol ko‘chalari kesishmasi yaqinida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
Haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia ustiga ag‘darilib tushgandi.
Natijada olti kishi – Nexia haydovchisi (42 yosh), haydovchining xotini (39 yosh), haydovchining farzandlari (13 va 10 yosh) va yo‘lovchilar (34 va 7 yosh) hodisa joyida vafot etishgandi.
Insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudi tomonidan haydovchi A.A.ga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi