Namanganda 20 yoshli yigit 22 yoshli tanishini pichoqladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namangan shahar Davlatobod tumanida 20 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli 22 yoshli tanishini pichoqladi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 may kuni soat 19:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan chap orqa kurak va chap qo‘l bilak sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro chap ko‘krak qafasi va chap bilak sohasida kesilgan jarohat tashxisi bilan RSHTYOIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 13 may kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing