Namanganda 19 yashar qiz o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati, Chust tumani, "Mo‘ynoqtepa" MFY Suhbatquduq ko‘chasida yashovchi 19 yashar qiz R.D. o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 atrofida sodir bo‘lgan. 

Qiz yashash uyi molxonasi to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin qismidan osib, joniga qasd qilgan. U vafot etgan holda topilgan.

O‘sha kunning o‘zida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra,  R.D.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoqda siqilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqan. Boshqa tan jaroxatlari aniqlanmagan. 

Marhuma R.D. 2001 yilning 11 oktyabr kuni Chust tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Sudlanmagan, mavsumiy dehqonchilik bilan shug‘ullangan, Chust tumani, Mo‘nchoqtepa MFY, Suhbatquduq ko‘chasidagi uyda oila a’zolari bilan yashagan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro R.D. o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Mo'ynoqtepa

Baholaganlar

913

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing